«Manchester Yunayted» hujumchisi Brayan Mbeumo jamoa bosh murabbiyi Maykl Karrikning fe’l-atvori haqida gapirdi.
«U kamdan-kam holatda jahlini ko‘rsatadi, doimo juda xotirjam. Men uning jahli chiqqanini bor-yo‘g‘i bir-ikki marta ko‘rganman, shekilli. Uning yondashuvi shunday. O‘zim ham juda xotirjam insonman, shuning uchun menga bu mos keladi», — dedi Mbeumo Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Maykl Kerrik yanvar oyida «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. O‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng klub 45 yoshli mutaxassis bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
6 sentyabr, yakshanba kuni «Manchester Yunayted» Premyer-liganing 3-turi doirasida mehmonda «Everton»ga qarshi bahs olib boradi.













