Kirish Ro'yxatdan o'tish

Enrike "PSJ"ning Chempionlar ligasida uchinchi bor ketma-ket g‘alaba qozonishi haqida gapirdi

Enrike "PSJ"ning Chempionlar ligasida uchinchi bor ketma-ket g‘alaba qozonishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning Chempionlar ligasida uchinchi bor ketma-ket g‘olib chiqish maqsadi bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.

"Xotirjam bo‘ling... Biz hali bu musobaqada o‘ynashni ham boshlaganimiz yo‘q. Kamtar bo‘lib qolishimiz kerak", — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini The Touchline keltirdi.

O‘tgan mavsum Chempionlar ligasi finalida "PSJ" "Arsenal"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etgan edi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa parijliklar 4:3 hisobida ustun kelgan.

Undan bir yil avval esa "PSJ" finalda "Inter"ni 5:0 hisobida tor-mor etgan.

Luis Enrike shogirdlari yangi mavsumdagi Chempionlar ligasi yurishini 9 sentyabr kuni "Slovan Bratislava"ga qarshi uy uchrashuvi bilan boshlaydi.

Kiritildi: 13:36, 04.09.2026.
O'qildi: 641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик