Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Gordon "Barselona"da jamoadoshlarining hurmatini qozondi

Gordon "Barselona"da jamoadoshlarining hurmatini qozondi

Baho:
+2 | -

Entoni Gordon "Nyukasl"dan 70 million yevroga "Barselona"ga o‘tganidan so‘ng qisqa vaqt ichida yangi jamoadoshlarining hurmatini qozondi.

Diario Sport ma’lumotiga ko‘ra, Angliya terma jamoasi futbolchisi kamtarligi va professional munosabati bilan "Barselona" kiyim almashtirish xonasida hammaning e’tiborini tortgan.

Gordon so‘nggi yillarda klubning eng qimmat transferlaridan biri bo‘lishiga qaramay, o‘zini yulduz futbolchidek tutmayapti. Aksincha, u jamoaning oddiy a’zosi sifatida tezroq moslashishga harakat qilmoqda va klubdagi tajribali futbolchilarga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lmoqda.

Uning Kataloniyadagi yangi hayotiga jiddiy yondashuvi klub rahbariyatida ham yaxshi taassurot qoldirgan. Hozircha til masalasi ma’lum qiyinchilik tug‘dirayotgan bo‘lsa-da, vinger ispan tilini jadal o‘rganmoqda. Shuningdek, u mahalliy madaniyatni yaxshiroq tushunish uchun katalon tilini ham o‘rganishga qiziqish bildirgan.

Gordon Xans-Diter Flikning talabchan o‘yin tizimiga ham tez moslashdi. U La Liganing dastlabki 3 ta uchrashuvida 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:10, 04.09.2026.
O'qildi: 1555 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик