«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Chelsi» ustozi Xabi Alonso bilan muloqoti haqida gapirdi. Mutaxassislarni ko‘p yillik do‘stlik bog‘lab turadi — ular bolalikdan bir-birini taniydi.
«U bilan gaplashdim. Xabi uchun va uning bu lavozimga tayinlanganidan juda xursandman. Avval aytganimdek, umumiy tariximizni hisobga olsak, bu ajoyib voqea. Endi biz bunday yuqori darajada bir-birimizga raqib bo‘lamiz.
Mamlakatning yetakchi klublaridan birini boshqarayotganimiz — biz uchun ajoyib tajriba», — dedi Arteta matbuot anjumanida.













