Kirish Ro'yxatdan o'tish

Superliga. "Surxon" Toshkentda "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Surxon" Toshkentda "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" — "Surxon" uchrashuvi yakunlandi.

Toshkentdagi "Jar" stadionida o‘tgan bahsda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 77-daqiqada urildi. Komronbek Yusupovning uzatmasidan keyin Tornike Dzebniauri to‘pni darvozaga joylab, "Surxon"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Bunga qadar, 67-daqiqada "Bunyodkor" himoyachisi Islom Anvarov maydondan chetlatilgan va mezbonlar o‘yinning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishga majbur bo‘lgandi.

Qolgan vaqtda "Bunyodkor" hisobni tenglashtira olmadi va "Surxon" Toshkentdan muhim uch ochko bilan qaytdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:01, 04.09.2026.
O'qildi: 995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик