«Shtutgart» Germaniya Bundesligasining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda o‘z maydonida «Kyoln»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Bahs 4 sentyabr kuni Shtutgartdagi «MXP Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Mezbonlar safida Bilal El-Xannus, Grisha Pryomel va Ermedin Demirovich gol urishdi. «Kyoln»ning yagona javob golini esa ikkinchi bo‘lim oxirida Marius Byulter kiritdi.
Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Josha Vagnoman yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:1.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Shtutgart» 3 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi. Xuddi shuncha ochkoga ega «Kyoln» esa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolib, 8-pog‘onadan joy olgan.
Germaniya chempionatining 3-turida «Shtutgart» safarda «Xoffenxaym»ga qarshi maydonga tushadi. «Kyoln» esa o‘z uyida «Verder»ni qabul qiladi. Har ikki uchrashuv 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













