La Liganing 4-turida «Betis»ga qarshi o‘tgan uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Karlos Espi tomonidan urilgan gol hisobga olinmadi. Bahs «Real»ning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
87-daqiqada «Real» hujumchisi Vinisius Juniorning uzatmasidan so‘ng qaychi uslubida zarba berib, to‘pni darvozaga kiritdi.
Biroq hujum rivoji davomida ispaniyalik futbolchi ofsayd holatida bo‘lgani aniqlandi. Natijada hakamlar 89-daqiqada golni bekor qildi.














