"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning Fransiya chempionatidagi omadsiz starti haqida fikr bildirdi. Parijliklar dastlabki uch turda birorta ham g‘alaba qozona olmadi.
"Agar kim chempion bo‘lishi haqida bahslashmoqchi bo‘lsangiz, keling, bahslashamiz! Lekin men hech narsaga ishora qilmayapman", — dedi Enrike matbuot anjumanida.
Ayni paytda "PSJ" 2 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. 9 ochko to‘plagan "Monako" esa peshqadam.
4-turda parijliklar safarda "Brest"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













