«Betis» — «Real» uchrashuvi vaqtida bahsli holat kameralarga muhrlandi.
Madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe «Betis» darvozaboni Alvaro Valyesning ko‘kragiga qattiq turtdi. Biroq fransuz buni shunchaki qilmagan. Darvozabon penaltini qaytarganidan so‘ng Mbappening yuzi oldida seyvni nishonlab, uni qasddan asabiylashtirgan.

Valyes qaytarilgan penaltidan so‘ng Mbappening yuziga baqira boshlagan. Bunga javoban fransuz darvozabonni turtib yuborgan. Holat yakuniga ko‘ra, futbolchilarning hech biri sariq kartochka olmagan.













