«PSJ» sobiq futbolchisi Jerom Roten parijliklar vingeri Xvicha Kvarasxeliyaning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlariga baho berdi.
«Unda geniallik bor va u jamoasiga g‘alabalar keltiradi. Bundan tashqari, uning foydasiga katta o‘yinlarda g‘alaba qozonishga yordam berayotgani, gol va golli uzatmalar bo‘yicha statistikasi esa shunchaki aqlbovar qilmas ekani gapiradi», — deya ekspertning so‘zlarini RMC Sport keltirdi.
O‘tgan mavsumda gruziyalik hujumchi barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.
«Oltin to‘p» sovrini g‘olibga 26 oktyabr kuni topshiriladi.













