"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa himoyachisi Jyul Kunde haqida fikr bildirdi.
"U haqiqiy professional. Mavsumni asosiy tarkib futbolchisi sifatida boshlamadi, ammo bu holatni o‘zi uchun chaqiriq sifatida qabul qilmoqda. U markaziy himoyada ham o‘ynay olishini bilaman, lekin men uni qanotda qo‘llashni afzal ko‘raman. Biz doimo jamoa uchun qaysi variant yaxshiroq ekanini o‘ylaymiz. Shuni ayta olamanki, u eng yaxshi formasiga qaytish uchun juda qattiq mehnat qilmoqda", — deya Flikning so‘zlarini Barca Universal keltirdi.
Joriy mavsumda Kunde Ispaniya chempionatidagi uchala o‘yinda ham maydonga tushdi, ammo dastlabki ikki uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi.
6 sentyabr kuni "Barselona" safarda "Valensiya"ga qarshi bahs olib boradi.













