Niko Gonsalesning «Yuventus»dagi kelajagida jiddiy burilish yuz berishi mumkin. «Atletiko»dagi ijara muddati tugagach, Turin klubiga qaytgan «Fiorentina»ning sobiq vingeri «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytirishi ehtimoldan holi emas.
Argentinalik futbolchi chempionatning dastlabki o‘yinlarida jamoa uchun muhim rol o‘ynadi va, ko‘rinishidan, Luchano Spallettini o‘z imkoniyatlariga ishontira oldi. Endi u «Yuventus» loyihasida tobora muhim figuraga aylanishi mumkin.
Calciomercato.it xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda «Yuventus» rahbariyati va Niko Gonsalesning agentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tomonlar 2029 yilgacha amal qiladigan amaldagi shartnomani yana uzaytirish imkoniyatini muhokama qiladi.
Shu tariqa, qisqa vaqt ichida Gonsales jamoaga ortiqcha futbolchi va ehtimoliy transfer nomzodidan Spalletti tarkibining muhim a’zosiga aylanishi mumkin.













