Braziliya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan Rivaldo «PSJ» va Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonovni «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin, deb hisoblaydi.
Rivaldo bu haqda shanba kuni «Lujniki»da o‘tkazilgan Moskva sporti kuni tadbirida gapirdi.
«Menga “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish nasib etgan. Ruslardan bunday sovrinni Lev Yashin qo‘lga kiritgan. Balki “PSJ” darvozaboni Safonov ham bu sovrinni olishi mumkin», — dedi Rivaldo.













