«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik jamoaga yangi himoyachilar kerakmi, degan savolga javob berdi.
Yozgi transfer oynasida «qizil iblislar»ning asosiy vazifalaridan biri himoyaning chap qanotini kuchaytirish deb qaralgan edi. Biroq klub yangi himoyachi bilan shartnoma imzolamadi.
Jurnalistlar Karrikdan «Manchester Yunayted» kelasi yil bu muammoni hal qilishni rejalashtiryaptimi, deb so‘rashdi.
«Hammasi ham shunchalik oddiy emas. Nega bunday xulosaga kelganingizni tushunaman, ammo amalda bu masala so‘zdagidan ancha murakkab bo‘lishi mumkin.
Ko‘p narsa joriy mavsum qanday kechishiga, jarohatlarga va futbolchilarning formasiga bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir qiladi.
Biz qadamma-qadam rivojlanishga harakat qilyapmiz. Shuning uchun mavsum qanday kechishini va qaysi jihatlarda kuchayishimiz kerakligini ko‘ramiz. Albatta, jamoa hozir va kelajakda qanday ko‘rinishda bo‘lishi kerakligi haqida tasavvurimiz bor», — deya Karrikning so‘zlarini centredevils keltirmoqda.
Bugun, yakshanba kuni «Manchester Yunayted» safarda «Everton»ga qarshi maydonga tushadi.













