Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Xila: «Alam qiladigan tomoni — men maydonni tark etganimdan so‘ng gol o‘tkazib yubormoqdamiz»

Xila: «Alam qiladigan tomoni — men maydonni tark etganimdan so‘ng gol o‘tkazib yubormoqdamiz»

Baho:
+ | -

Ispaniyalik himoyachi Mario Xila «Yuventus»ga qarshi o‘yinning 88-daqiqasida maydonni tark etdi, shundan so‘ng ko‘p o‘tmay uning klubi gol o‘tkazib yubordi va deyarli naqd bo‘lib turgan g‘alabani qo‘ldan boy berdi. Xila bunday holat allaqachon ikkinchi marta takrorlanayotganidan xafa.

«Mensiz «Milan»da qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda deyish adolatdan emas — shunchaki vaziyat shunday bo‘lib qolmoqda. Raqib bu golga loyiq edi; biz omadsiz o‘yin o‘tkazdik va juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Shu bilan birga, «Yuventus»dek kuchli jamoaga qarshi munosib kurasha oldik», — deydi futbolchi pianetamilan.it nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionatining keyingi turida «Milan» Xilaning sobiq klubi — Rimning «Lasio» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 06:49, 07.09.2026.
O'qildi: 788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик