19 yoshli hujumchi Maxamad Sangare Angliyaning «Manchester Siti» klubini tark etdi. Istiqbolli futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradi.
«Al-Qodisiya» matbuot xizmati Sangare bilan shartnoma imzolanganini rasman ma’lum qildi. Tomonlar 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli kelishuvga erishgan.
Sangare «Manchester Siti»ga 2025 yil yozida «PSJ»dan erkin agent sifatida o‘tgan edi. Biroq u ingliz klubining asosiy jamoasi safida birorta ham rasmiy uchrashuvda maydonga tushmadi.
Saudiya Arabistoni chempionatining 5 turidan so‘ng «Al-Qodisiya» 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.













