Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Belgiya futbol assosiasiyasi Infantinoni FIFA prezidentligi saylovida qo‘llab-quvvatlamaydi

Belgiya futbol assosiasiyasi Infantinoni FIFA prezidentligi saylovida qo‘llab-quvvatlamaydi

Baho:
+2 | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Belgiya Qirollik futbol assosiasiyasi (KBVB) Janni Infantinoning FIFA prezidenti lavozimidagi yangi muddatga nomzodini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi.

Assosiasiya qarorini FIFA hanuzgacha shaffof ma’lumot taqdim etmagan ikki muhim masala bilan izohladi.

Birinchisi — FIFA Forward Enterprise loyihasi, ya’ni Jahon chempionatiga bo‘lgan huquqlarning bir qismini sotish rejasi. KBVB ushbu ish doirasida bir qator muhim qarorlar va baholar bo‘yicha yetarli ma’lumot berilmaganini ta’kidladi. Assosiasiya UYEFA bilan kelishuv doirasida qolgan holda, qaror qabul qilish jarayoni va keyingi qadamlar bo‘yicha aniq javoblarni talab qilmoqda.

Ikkinchi masala — Jahon chempionati vaqtida Folarin Balogunga berilgan qizil kartochkaning bekor qilinishi. KBVB mazkur ishda bevosita ishtirok etgani sababli, qabul qilingan qarorlarning asoslari va bunday holatlar kelajakda qanday ko‘rib chiqilishi haqida muhim savollar hanuz javobsiz qolayotganini bildirdi.

«Bunday ishlar FIFA manfaatlari, munosib boshqaruv va xalqaro futbolga bo‘lgan ishonchni ta’minlash uchun shaffof va puxta ko‘rib chiqilishi, shuningdek, kelajak uchun aniq kafolatlar berilishi juda muhim», — deyiladi assosiasiya bayonotida.

Shu munosabat bilan KBVB FIFAdan Balogun masalasini 15 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibiga kiritishni so‘ragan. Ushbu yig‘ilishda assosiasiya prezidenti Paskal Van Damm ham ishtirok etadi.

Kiritildi: 14:52, 07.09.2026.
O'qildi: 413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик