"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turida "Inter"ga qarshi o‘yin oldidan Milanning qaysi klubini ko‘proq yoqtirishi haqidagi savolga javob berdi.
"Bolaligimda "Milan"ni yoqtirardim. Men "Milan"ni afzal ko‘raman. Ammo "Inter" ham hurmatga loyiq", — deya Mbappening so‘zlarini Sky Sports keltirdi.
"Real" va "Inter" o‘rtasidagi uchrashuv 8 sentyabr kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi.
"Inter"dan keyin madridliklar Chempionlar ligasi umumiy bosqichida "Arsenal", PSV, "Roma", "Leypsig", "Shaxtyor", LASK va AYEK klublariga qarshi maydonga tushadi.













