Dunyo reytingida 1-o‘rinda turgan italiyalik tennischi Yannik Sinner 6 sentyabr kuni Turinda «Yuventus» va «Milan» o‘rtasidagi A Seriyaning 3-tur uchrashuvini (1:1) stadiondan kuzatdi.
«Milan» muxlisi bo‘lgan Sinnerga klub tomonidan uning ismi tushirilgan, 1-raqamli maxsus futbolka sovg‘a qilindi.
/i/l/y/1788807770543698541.jpg)
Uchrashuvda «Yuventus» futbolchisi Federiko Gatti 90+2-daqiqada gol urib, jamoasiga durangni ta’minladi. Shu tariqa har ikki jamoa mavsumdagi ilk ochkolarini yo‘qotdi.
Sinner tizzasidagi muammolardan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Shu sababli u AQSH Ochiq chempionatini tark etishga majbur bo‘lgan. Italyan tennischisi rasmiy uchrashuvda so‘nggi bor 2026 yilgi Uimbldonda g‘alaba qozonganida maydonga tushgan.













