Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Mark Pubil Angliya Premyer-ligasi vakillarida jiddiy qiziqish uyg‘otmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
23 yoshli futbolchi «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Chelsi» klublari qiziqish doirasida. «Matraschilar» esa Pubilning ehtimoliy transferidan 55–60 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Himoyachi joriy mavsumda Ispaniya La Ligasida 3 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta sariq kartochka oldi. Markning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.













