France Football talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi klubi sovrini uchun nomzodlar ma’lum bo‘ldi.
Ushbu mukofot uchun 5 ta jamoa da’vogarlik qilmoqda: «Arsenal» (Angliya), «Bavariya» (Germaniya), «Bude-Glimt» (Norvegiya), «Flamengo» (Braziliya) va «PSJ» (Fransiya).
Sovrin sohibi 26 oktyabr kuni «Oltin to‘p» taqdimot marosimida e’lon qilinadi.













