Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Dyugarri: «Mbappe «Oltin to‘p»ga munosib»

Dyugarri: «Mbappe «Oltin to‘p»ga munosib»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Kristof Dyugarri Kilian Mbappening «Oltin to‘p» haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Real» hujumchisi sovrinni o‘ziga berishini aytgan edi: «Ammo bizda fikr diktaturasi yo‘q, boshqalarning fikrini ham tushunaman. Argumentlar va raqobatga qaraganimda, bu sovrinni menga berish adolatsizlik bo‘lmas edi, deb o‘ylayman».

«Nega Mbappe dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘la olmaydi? O‘tgan mavsumda u 44 ta gol urdi, jahon chempionatlarida urilgan gollar bo‘yicha rekordni yangiladi. Bugun kim Mbappedan yaxshiroq ekanini ayta oladi? U mukammal bo‘lmasa ham, chempion bo‘lmagan, jahon chempionatini yutib olmagan bo‘lsa ham, bu shaxsiy mukofot va u o‘z imkoniyatlarini himoya qilishga haqli.

Bu shunday mavsum bo‘ldiki, hech bir futbolchi haqiqatan ham boshqalardan yaqqol ajralib turmadi. Shuning uchun yakuniy xulosa chiqarish qiyin. Hech kim ham individual, ham jamoaviy darajada barcha sovrinlarni qo‘lga kiritmadi. Hech kim shunchalik ajoyib o‘yin ko‘rsatmadiki, uning g‘alabasi oldindan aniq bo‘lsin.

Menimcha, Mbappe bu sovringa munosib. U o‘zini hamma narsaga erishgan yoki mutlaqo buyuk futbolchi deb aytmayapti. U o‘z pozisiyasini himoya qilmoqda va bu boshqa masala. Ammo buni shunday tarzda bayon qilishni tushunish men uchun qiyin. Chempionlik, Chempionlar ligasi yoki jahon chempionatini yutib olmagan bo‘lsang, shaxsiy mukofotlarni so‘rash juda bolalarcha va achinarli. Menimcha, bu mutlaqo o‘rinsiz.

Bundan tashqari, bugun futbol tobora individuallashib borayotganini ko‘ryapman va bu menda nafrat uyg‘otadi. O‘zing va shaxsiy mukofotlar haqida gapirish o‘rniga, jamoa, muvaffaqiyatni birgalikda baham ko‘rish va birgalikda qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan, ammo uddalay olmagan sovrinlar haqida gapirish kerak.

Shunga qaramay, u o‘zini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblayotganini tushunaman. Garchi umuman olganda, bunday yondashuvga qo‘shilmasam ham», — dedi Dyugarri RMC Sport telekanalidagi Rothen s’enflamme dasturida.

Kiritildi: 15:22, 08.09.2026.
O'qildi: 638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик