Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Lionel Messi Ispaniya klubi egasiga aylanishi kutilmoqda

Lionel Messi Ispaniya klubi egasiga aylanishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

Lionel Messi Ispaniyaning «Eldense» futbol klubi egasiga aylanishi mumkin.

As nashri ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik yulduzning huquqshunoslari Xuan Karlos Truxilyo boshchiligidagi Kolumbiyaning TH investisiya guruhi bilan ma’lum vaqtdan buyon muzokara olib borgan. Tomonlar bugun prinsipial kelishuvga erishgan.

Unga ko‘ra, jahon futboli tarixida eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritgan futbolchilardan biri bo‘lgan Messi Ispaniya ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi «Eldense» klubining majoritar aksiyadoriga aylanadi.

Biroq bitimning yakuniy rasmiylashtirilishi Ispaniya Oliy sport kengashi (CSD) ruxsat berishiga bog‘liq bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Messi mazkur loyihada yagona investor sifatida ishtirok etmoqda. Bitimga boshqa biznes hamkorlar yoki sobiq futbolchilar jalb qilinmagan.

Tomonlar kelishuv haqida yaqin kunlarda rasman e’lon qilishni rejalashtirgan. Agar bitim amalga oshsa, Lionel Messi Ispaniyada professional futbol klubiga egalik qilgan birinchi argentinalikka aylanadi.

Kiritildi: 00:58, 09.09.2026.
O'qildi: 1052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик