Kilian Mbappe «Inter»ga qarshi uchrashuvda hisobni ochdi.
«Real» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida Milan klubini qabul qilmoqda. Madridliklar 14-daqiqadayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Yann Bissek to‘pni yo‘qotganidan so‘ng Braim Dias unga egalik qildi va Mbappega qulay uzatma berdi. Fransiyalik hujumchi esa imkoniyatdan unumli foydalanib, to‘pni darvozaga yo‘lladi.
Mbappe joriy mavsum «Real» safida o‘tkazgan 5 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi. U «Real Sosyedad»ga qarshi bahsda xet-trik qayd etgan edi.













