«Manchester Siti» Chempionlar ligasi asosiy bosqichi 1-turida safarda «Portu»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Angliya klubining har ikki goliga Erling Xoland mualliflik qildi. Norvegiyalik hujumchi 47-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 90+1-daqiqada ikkinchi golini urib, yakuniy natijani belgiladi.
Keyingi turda, 14 oktyabr kuni «Manchester Siti» o‘z maydonida «PSJ»ni qabul qiladi.
«Portu» esa shu kuni safarda «Betis»ga qarshi bahs olib boradi.













