Madridning «Real» klubi vingeri Rodrigo xoch boylamlari uzilishi sabab jarohatidan keyin tiklanishda davom etmoqda. 25 yoshli futbolchi og‘ir jarohatni bahor boshida olgan.
«Rodrigo fevralga qadar qaytib keladi. U mavsumning hal qiluvchi qismida jamoaga yordam bera oladi va har doimgidek muhim futbolchi bo‘ladi», — dedi futbolchining otasi.
Rodrigo «Real» safida barcha turnirlarda jami 297 ta o‘yin o‘tkazib, 71 ta gol va 57 ta golli uzatma qayd etgan. Braziliyalik futbolchining «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Seshanba kuni «Real» o‘z maydonida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida Milanning «Inter» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.













