Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Yevropa chempioni Belotti Seriya B jamoasini kuchaytirdi

Yevropa chempioni Belotti Seriya B jamoasini kuchaytirdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Andrea Belotti Italiya chempionatida 350 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan. Biroq «Roma»ning sobiq futbolchisi o‘z mamlakati oliy divizionida jamoa topa olmadi. Yozda Belotti tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagani sabab «Kalyari»da qolmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Endi 32 yoshli Belotti «Modena» futbolchisiga aylandi. Seriya B klubi o‘zining rasmiy saytida Andrea bilan 2027 yil o‘rtalariga qadar, bir mavsumlik shartnoma imzolanganini ma’lum qildi. Belotti «Modena»da 11-raqamda o‘ynaydi.

Hozirda «Modena» Italiyaning ikkinchi darajali futbol divizioni turnir jadvalida beshinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Chempionatning o‘tgan uch turida jamoa olti ochko to‘pladi.

Andrea Belotti 2021 yilda Italiya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni bo‘lgan.

Kiritildi: 07:30, 09.09.2026.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик