«Bavariya» sport bo‘limi rahbari Maks Eberl jamoaning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Myunxenliklar 2020 yildan buyon Yevropaning eng nufuzli klublar musobaqasida g‘alaba qozona olmayapti. O‘tgan mavsumda Vensan Kompani shogirdlari yarim finalga qadar yetib borib, unda «PSJ»ga mag‘lub bo‘ldi.
«Biz finalga chiqishni va, albatta, imkoni bo‘lsa, g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Bu amalga oshishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. «Bavariya»ning maqsadi — mavjud barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish. Biroq raqobatni hisobga olsak, natijani nafaqat jamoalarning sifati belgilaydi — hal qiluvchi vaziyatlarda omad ham kerak.
«Bavariya», «Real», «Barselona», «PSJ», «Liverpul», «Arsenal» va «Manchester Siti» kabi jamoalar o‘rtasidagi mahorat farqi juda kichik. Bunday o‘yinlarda hamma narsani mayda detallar hal qiladi», — dedi Eberl.
Chorshanba kuni «Bavariya» Chempionlar ligasining yangi mavsumini o‘z maydonida «Budyo-Glimt»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.













