Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Bellingem: «Inter»ga qarshi o‘yin yirikroq hisobda yakunlanishi mumkin edi»

Bellingem: «Inter»ga qarshi o‘yin yirikroq hisobda yakunlanishi mumkin edi»

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Inter» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

«Juda kuchli jamoaga qarshi o‘yinda bizga qiyin bo‘lgan vaziyatlar ham bo‘ldi. Ular bekorga Italiya chempioni bo‘lishmagan.

Shu bilan birga, ayrim paytlarda biz ularni qiyin ahvolga solib qo‘ydik — ayniqsa, to‘p bilan yaxshi harakat qilgan holda qarshi hujumlarda. «Betis»ga qarshi o‘yinda ham shunga o‘xshash holat bo‘lgan, o‘sha bahsda o‘z imkoniyatlarimizni golga aylantira olmagan edik.

O‘yin yirikroq hisobda yakunlanishi mumkin edi. Bizda, jumladan menda ham, imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo Chempionlar ligasida bosimga bardosh berishga to‘g‘ri keladigan vaziyatlar bo‘lishi tabiiy.

Biz faqat bitta gol o‘tkazib yubordik, himoyachilar juda yaxshi harakat qilishdi, ammo kuchli jamoalar himoyadagi bo‘shliqlarni topa oladi.

Bundan tashqari, Tibo Kurtua ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Hammasi ham yomon bo‘lmadi, ammo ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Eng muhimi — uch ochko», — dedi Jud Bellingem.

Kiritildi: 07:44, 09.09.2026.
O'qildi: 1123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик