Angliya terma jamoasi va «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn joriy yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq. Sobiq «Spartak» futbolchisi Eduard Mor shunday fikr bildirdi.
«Keyn bu sovringa loyiq. U «Bavariya»da barcha rekordlarni yangiladi, Jahon chempionatida esa Angliya terma jamoasiga katta yordam berdi.
Shu bilan birga, Germaniya chempionatini ham munosib baholash kerak», — dedi Mor «Match TV» efirida.
Keyn 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun 30 nomzoddan iborat ro‘yxatdan joy olgan. Sovrin sohibi 26 oktyabr kuni Londonda aniqlanadi.













