«Arsenal» yangi mavsumda Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Londonliklar so‘nggi uch mavsumda musobaqaning chorak finali, yarim finali va finaligacha yetib bordi. O‘tgan mavsum finalda «PSJ»ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan jamoa bu safar yanada yuqori maqsadni ko‘zlamoqda.
«Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Arsenal»ni musobaqadagi eng kuchli jamoalar qatoriga qo‘shdi.
«Chempionlar ligasida g‘olib chiqish oson emas. Men ikki marta finalda o‘ynadim va ikkalasida ham mag‘lub bo‘ldim. Umid qilamanki, bu safar yaxshiroq natijaga erishaman. “Barselona”, “Real”, “Arsenal”, “PSJ”, “Bavariya” kabi kuchli jamoalar bor. Menimcha, “Arsenal” — to‘liq jamoa. Arteta juda yaxshi ishlayapti», — dedi Allegri.













