Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Knutsen: «Bavariya» hozir dunyodagi eng yaxshi jamoa bo‘lishi mumkin»

Knutsen: «Bavariya» hozir dunyodagi eng yaxshi jamoa bo‘lishi mumkin»

Baho:
+ | -

«Bude-Glimt» bosh murabbiyi Kyetil Knutsen Chempionlar ligasida «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida fikr bildirdi. Umumiy bosqichning 1-tur uchrashuvi 10 sentyabr kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

«Biz, menimcha, ayni paytda dunyodagi eng yaxshi jamoa bo‘lishi mumkin bo‘lgan raqibga qarshi o‘ynaymiz. Shu sababli juda qiyin bo‘ladi, ammo shaxsan men bu uchrashuvni intiqlik bilan kutyapman.

Futbolchilarim ham xuddi shunday fikrda bo‘lishiga umid qilaman: ular bu bahsda imkoniyatni ko‘rishlari va bunday o‘yinlarda ishtirok etish qanchalik katta imtiyoz ekanini tushunishlari kerak», — dedi Knutsen.

«Biz «Bavariya»ning o‘yinlarini ko‘rib chiqdik va bu menga ko‘proq ishonch bermadi. Ammo shu bilan birga, juda katta ilhomlantirdi. Chunki ularda jamoa uchun ishlaydigan va juda ko‘p mehnat qiladigan jahon darajasidagi futbolchilar bor», — qo‘shimcha qildi murabbiy.

O‘tgan mavsumda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasining 1/8 finaligacha yetib borgan va yo‘l-yo‘lakay «Inter»ni musobaqadan chiqargan edi. «Bavariya» esa yarim finalgacha yetib borgan.

Kiritildi: 21:24, 09.09.2026.
O'qildi: 822 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик