«Sporting» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida o‘z maydonida «Galatasaroy»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Portugaliya klubi safida Jeni Katamo, Luis Suares va Rodrigo Salasar gol urdi.
«Galatasaroy»ning yagona goli esa «Sporting» himoyachisi Gonsalu Inasiuning avtogoli evaziga qayd etildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Sporting» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Galatasaroy» esa 33-pog‘onada qoldi.
Keyingi turda «Sporting» 13 oktyabr kuni safarda «Lans»ga qarshi o‘ynaydi. «Galatasaroy» esa shu kuni o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qiladi.













