Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Van Bronkxorst «Barselona»ni dunyoning eng yaxshi jamoasi deb atadi

Van Bronkxorst «Barselona»ni dunyoning eng yaxshi jamoasi deb atadi

Baho:
+2 | -

«Feyenoord» bosh murabbiyi Jovanni van Bronkxorst Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Barselona»dan uchralgan 1:5 hisobidagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, hozir biz dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi o‘ynadik. Biz o‘z futbolimizni namoyish etishga harakat qildik. Faqat himoyaga yotib olmadik. G‘alaba bilan tabriklaganimda, Xansi Flik ham menga shuni aytdi. Biz juda erta — 3-daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordik. Ammo yakunda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qildik», — dedi mutaxassis RTL nashriga bergan intervyusida.

Van Bronkxorst o‘z jamoasining harakatlarini ham tanqid qildi.

«Biz bir nechta golni o‘z xatolarimiz tufayli o‘tkazib yubordik. Birinchi gol vaziyatida raqib futbolchisini kuzatmadik, yana bir gol esa jarima zarbasidan keyin devorimiz orasidan o‘tib ketdi. Ammo bosimga qaramay, ayrim vaziyatlarda yaxshi o‘ynadik. Tarkibimdagi 18 futbolchi uchun bu Chempionlar ligasidagi birinchi o‘yin edi. Ular bu tajribadan xulosa chiqarishlari kerak», — dedi van Bronkxorst.

Kiritildi: 06:10, 10.09.2026.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик