Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone «Liverpul»ga qarshi uchrashuv yakunlarini sarhisob qildi. Ispaniya klubi Chempionlar ligasi 1-turida ingliz jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
«Har doim shunday tuyuladiki, agar ikkinchi bo‘limda birinchi bo‘limdagidek o‘ynamasang, muammo jismoniy tayyorgarlikda. Ammo yo‘q, ikkinchi bo‘limda biz yomon o‘ynadik. Haqiqat shuki, biz ko‘p gol o‘tkazib yubormoqdamiz: bugun ikkita, Bilbaoda uchta, Sevilyada bitta... Jamoa hali shakllanish jarayonida, bu kimgadir yoqmasligi mumkin, ammo biz hali ko‘p narsani to‘g‘rilashimiz kerak», — dedi murabbiy Marca nashriga.
«Kuti Romeroning o‘yini menga yoqdi. U ishonchli, kuchli va o‘ziga ishonch bilan harakat qildi hamda yuzaga kelgan vaziyatlarni yaxshi hal etdi. Xulianning o‘yini ham juda yaxshi bo‘ldi: u butun uchrashuv davomida — birinchi daqiqadan oxirgi daqiqagacha — to‘p bilan o‘yinni o‘z zimmasiga oldi».
«Biz mag‘lub bo‘lib turganimizda almashtirishlarni amalga oshira boshladik va boshqa yechimlarni izladik, chunki ikkinchi bo‘limda bizda vaziyatlar bo‘lmadi. Futbolda aynan tafsilotlar sen yuqorida, o‘rtada yoki quyida bo‘lishingni belgilaydi. Men bu tafsilotlarni to‘g‘rilashim kerak, biz ular ustida ishlashimiz shart».
«Atletiko» Chempionlar ligasidagi keyingi o‘yinini 13 oktyabr kuni Angliyaning «Manchester Yunayted» klubiga qarshi o‘tkazadi.













