Madridning «Atletiko» sardori Koke jamoadoshi Xulian Alvaresni qo‘llab-quvvatladi.
Argentinalik hujumchining yoz davomida «Barselona» va «Arsenal»ga o‘tishi mumkinligi haqida ko‘p gapirildi, ammo transfer amalga oshmadi. Forvardning o‘zi ham ketish istagini ochiq bildirgan va ma’lum bo‘lishicha, faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishni xohlagan. Biroq «matraschilar» prinsipial sabablarga ko‘ra o‘z yulduzini chempionatdagi raqibiga sotmadi.
«Xulianni tinch qo‘yinglar. Biz bundan juda charchadik. Yigit futbol o‘ynasin, undan zavq olsin va o‘z ishini qilsin. Unga dam olishga imkon berishingizga va bezovta qilmasligingizga umid qilaman», — deya Kokening so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirdi.
Chorshanba kuni Xulian Alvares Chempionlar ligasida «Liverpul»ga qarshi o‘yinda golli uzatma berdi, ammo «Atletiko» baribir 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.













