«Feyenoord» bosh murabbiyi Jovanni van Bronkxorst «Barselona» vingeri Lamin Yamalni yana bir bor maqtadi. Chorshanba kuni rotterdamliklar Chempionlar ligasida «Kamp Nou»da 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Yamal jarimadan gol urdi va sheriklariga ikkita golli uzatma berdi.
«Yamal? U bunday yoshdayoq juda ko‘p narsaga erishdi. Muxlislar uni juda yaxshi ko‘rishadi va u «Oltin to‘p»ni yutishi mumkin. Men uning o‘yinida Messi va Ronaldinyoni ko‘raman», — dedi van Bronkxorst o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
Jovanni van Bronkxorst 2003–2007 yillarda futbolchi sifatida «Barselona»da to‘p surgan va kataloniyaliklar safida 154 ta o‘yin o‘tkazgan. U Lionel Messi va Ronaldinyo bilan birga o‘ynagan.













