Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Rays: «Biz to‘rt yoki beshta gol urishimiz mumkin edi»

Rays: «Biz to‘rt yoki beshta gol urishimiz mumkin edi»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar ligasida «Napoli» ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

«Kanonirlar» Italiyadagi minimal g‘alabaga 75-daqiqada Martin Edegor urgan gol evaziga erishdi.

«Menimcha, agar vaziyatlardan foydalanishda sovuqqonroq bo‘lganimizda, bugun to‘rt yoki beshta gol urishimiz mumkin edi. Darvozabon maydoni ichida bunchalik ko‘p gol urish imkoniyati kamdan-kam hollarda paydo bo‘ladi. Bu borada yanada yaxshiroq bo‘lishimiz kerak. Ammo qanday o‘ynaganimiz, futbolchilarning o‘rin almashishi va hujumdagi uyg‘unlikni ham ta’kidlash muhim — bularning barchasi bizga shuncha ko‘p vaziyat yaratish imkonini berdi. Gol esa juda chiroyli chiqdi. Martin yana gol urib, jamoaga muhim uch ochko olib kelganidan xursandman», — dedi Rays.

Mikel Arteta jamoasi joriy mavsum boshidan buyon o‘tkazgan beshta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 07:04, 10.09.2026.
O'qildi: 810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик