Argentinalik hujumchi Anxel di Mariya faoliyatini yakunlash niyatida emas, garchi ayrimlar uni ancha vaqtdan beri futboldan ketishi kerak deb hisoblayotgan bo‘lsa-da.
«Allaqachon meni hisobdan chiqarib qo‘yishga tayyor bo‘lgan odamlar bor. Ular adashyapti, chunki men futbol o‘ynashdan katta zavq olyapman. Men osonlikcha taslim bo‘ladiganlardan emasman: ha, biz Libertadores kubogidan chiqib ketdik, ammo hali kurashishimiz kerak bo‘lgan musobaqalar bor. Qolaversa, hamma nega bunchalik xavotirlanayotganini tushunmayman — biz haqiqatan ham o‘sishga erishyapmiz va o‘ylaymanki, har qanday turnirda raqobatbardosh bo‘lamiz», — dedi di Mariya.
Eslatib o‘tamiz, Anxel di Mariya o‘z vatanida «Rosario Sentral» safida to‘p tepmoqda.













