«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays jamoadoshi Martin Edegorning joriy mavsumdagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Kanonirlar» kapitani mavsum boshidan beri beshta o‘yinda to‘rtta gol urdi. Chorshanba kuni yarim himoyachi Chempionlar ligasida «Napoli»ga qarshi uchrashuvda gol urib, londonliklarga minimal g‘alabani taqdim etdi.
«Unda bunday qobiliyatlar doimo bo‘lgan, ammo o‘tgan mavsumda jarohatlar tufayli omadi kelmadi. Martin eng yaxshi formasiga kirganida, jamoamiz yanada kuchli bo‘ladi. Unga ko‘proq to‘p berishimiz va unga eng yaxshi uddalaydigan ishini qilish imkonini berishimiz kerak», — dedi Rays.
Qizig‘i shundaki, Martin Edegor butun o‘tgan mavsum davomida 36 ta o‘yinda atigi bir gol urgan edi.













