Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv 1-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-1 Navbahor

Yaponiyada kuchli yomg‘ir sabab Osiyo o‘yinlarida qatnashuvchi sportchilar evakuasiya qilindi

Yaponiyada kuchli yomg‘ir sabab Osiyo o‘yinlarida qatnashuvchi sportchilar evakuasiya qilindi

Baho:
+ | -

Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan yuzlab sportchilar 10 sentyabr kuni boshlanadigan ayrim musobaqalar boshlanishi arafasida kuchli yomg‘ir Nagoyadagi sport inshootlariga zarar yetkazgani sababli vaqtincha xavfsiz hududga ko‘chirildi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 8 sentyabr kuni shaharda yog‘gan yomg‘ir bir soat ichida 104 millimetrga yetgan. Kuchli yomg‘irdan so‘ng shaharning ayrim hududlarida suv toshqini xavfi yuzaga kelib, mahalliy hokimiyat evakuasiya e’lon qildi.

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, Nagoya porti hududidagi vaqtinchalik turar joylarda istiqomat qilayotgan 400 nafar sportchi va jamoa vakili qisqa muddatga balandroq hududga ko‘chirilgan. Evakuasiya buyrug‘i taxminan ikki soatdan so‘ng bekor qilinib, sportchilar yana o‘z turar joylariga qaytarilgan.

Kuchli yog‘ingarchilik musobaqa inshootlariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ayrim sport majmualarining tomidan suv o‘tgani qayd etilgan. Biroq shahar meri Ichiro Hirosavaning ta’kidlashicha, inshootlarga jiddiy zarar yetmagan va musobaqalarni rejalashtirilgan muddatda o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan holat kuzatilmagan.

Ma’lumot uchun, Osiyo o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ayrim musobaqalar esa oldinroq boshlanadi. Jumladan, basketbol bahslari 10 sentyabr, futbol uchrashuvlari esa 15 sentyabr kuni start olishi rejalashtirilgan. Osiyo o‘yinlarida 17 mingdan ortiq sportchi va rasmiylar ishtirok etishi kutilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:09, 10.09.2026.
O'qildi: 522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик