«Galatasaroy» vingeri Rafael Leau yozgi transferlar oynasida Turkiya klubiga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
«Mening transferim uchun qilgan barcha sa’y-harakatlari uchun «Galatasaroy»ga minnatdorlik bildiraman. Ular ikki oy davomida meni jamoaga olib kelishga harakat qildi va men bu loyihaga doim ishonganman.
«Galatasaroy» menga Chempionlar ligasida yana o‘ynash imkonini berdi», — dedi Leau matbuot anjumanida.
Portugaliyalik futbolchi yoz boshidan «Milan»ni tark etishni istagan edi. Italiya klubi o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.
Leau avgust oyi oxirida «Galatasaroy» safiga qo‘shildi. U yangi jamoasi tarkibida hozirga qadar 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va natijador harakat qayd etmadi.













