Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Chempionlar ligasi. «Slaviya» «Lans»ga 90+1 va 90+3-daqiqalarda o‘tkazilgan gollar tufayli mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

Chempionlar ligasi. «Slaviya» «Lans»ga 90+1 va 90+3-daqiqalarda o‘tkazilgan gollar tufayli mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

Baho:
+ | -

2026/27 yilgi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Chexiyaning «Slaviya» klubi Fransiyaning «Lans» jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.

Pragadagi «Fortuna Arena» stadionida o‘tgan bahsda mehmonlar 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Uchrashuvni grek hakami Vasilis Fotias boshqarib bordi.

49-daqiqada «Slaviya» himoyachisi Mikulash Konechni qizil kartochka oldi va chexlar uchrashuvni bir kishi kam bo‘lib davom ettirdi.

Shunga qaramay, 51-daqiqada mezbonlar yarim himoyachisi Daniel Shturm hisobni ochdi. 73-daqiqada «Lans» hujumchisi Abdalla Sima hisobni tenglashtirdi.

88-daqiqada Shturm ikkinchi golini urib, «Slaviya»ni yana oldinga olib chiqdi. Biroq uchrashuv yakunida mehmonlar qalbovar qilmas tarzda g‘alabani ilib ketdi. 90+1-daqiqada fransuz Floryan Toven hisobni 2:2 qildi, 90+3-daqiqada esa Ruben Agilar «Lans»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turida «Slaviya» 13 oktyabr kuni safarda Ozarbayjonning «Sabah» klubiga qarshi o‘ynaydi. Shu kuni «Lans» o‘z maydonida Portugaliyaning «Sporting» jamoasini qabul qiladi.

Chempionlar ligasi. Umumiy bosqich, 1-tur
10 sentyabr 2026 yil. Praga, «Fortuna Arena»
«Slaviya» — «Lans» — 2:3
Gollar: Daniel Shturm, 51 (1:0), Abdalla Sima, 73 (1:1), Daniel Shturm, 88 (2:1), Floryan Toven, 90+1 (2:2), Ruben Agilar, 90+3 (2:3)
Qizil kartochka: Mikulash Konechni («Slaviya»), 49.
Bosh hakam: Vasilis Fotias (Gresiya).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:29, 11.09.2026.
O'qildi: 2350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик