«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn klub bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar yaxshi kechayotganini aytdi.
Amaldagi kelishuvi kelasi yil yozida yakunlanadi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirish istagida, ammo hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan.
«Biz bir necha hafta oldin muzokara o‘tkazdik. Bu hafta esa yana ikki marta uchrashdik. Yangi shartnoma bir kechada tuzilmaydi.
Barcha tomonlar uchun eng maqbul shartlarga kelishishdan oldin vaziyatni yaxshilab o‘ylab ko‘rish va tushunish uchun vaqt kerak.
Shuning uchun yaqin bir-ikki hafta ichida hamma narsa imzolanishini kutmayapman. Umid qilamanki, bir-ikki oy ichida istagan natijamizga erishamiz», — dedi Keyn.













