Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Skalonining Argentina termasidan ketishiga uchta asosiy sabab bor

Skalonining Argentina termasidan ketishiga uchta asosiy sabab bor

Baho:
+ | -

Lionel Skalonining Argentina termasi bosh murabbiyi lavozimini tark etish haqida o‘ylayotgani sabablari ma’lum bo‘ldi.

Jurnalist Gustavo Yarroshning xabar berishicha, asosiy sabablardan biri — Lionel Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin jamoani qayta qurish zarurati. Skaloni bu jarayon oson kechmasligini yaxshi tushunadi va terma jamoada sakkiz yil ishlaganidan so‘ng yangi jamoa barpo etish uchun unda yetarlicha kuch va motivasiya qolgan-qolmaganiga ishonch hosil qila olmayapti.

Ikkinchi sabab — Argentina futbol federasiyasining futbolchilar oldida katta miqdorda qarzlari borligi. Vaziyatni yanada murakkablashtirayotgan jihat shundaki, federasiya hozir tarixidagi eng katta daromadlarni olayotgan bo‘lsa-da, futbolchilarga tegishli to‘lovlar amalga oshirilmayapti.

Yana bir muammo — o‘rtoqlik uchrashuvlarining samarasiz tashkil etilayotgani. Skaloni kuchli raqiblarga qarshi o‘ynashni xohlaydi, ammo federasiya hamon nisbatan kuchsiz terma jamoalar bilan uchrashuvlar tashkil qilishda davom etmoqda.

Bundan tashqari, Argentina termasining bir haftadan keyin boshlanadigan kuzgi yig‘ini uchun haligacha raqiblar aniqlanmagan. Nomzodlar orasida Burkina-Faso, Boliviya va Benin terma jamoalari bor.

Skaloni Argentina termasini 2018 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa jahon chempioni bo‘ldi, Finalissima va ikki marta Amerika kubogini qo‘lga kiritdi.

Mutaxassisning amaldagi shartnomasi dekabr oyi oxirida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 11:13, 11.09.2026.
O'qildi: 1120 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик