Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Alvares yanvarda "Barselona"ga o‘tish uchun bosim qilmaydi

Alvares yanvarda "Barselona"ga o‘tish uchun bosim qilmaydi

Baho:
+ | -

"Atletiko"ning argentinalik hujumchisi Xulian Alvares katta ehtimol bilan kamida joriy mavsum oxirigacha Madrid klubida qoladi.

El Nacional xabariga ko‘ra, o‘tgan yozda "Barselona"ga transferi amalga oshmaganidan so‘ng, Alvares yanvar oyida klubdan ketish uchun bosim o‘tkazish niyatida emas.

Qayd etilishicha, hujumchi "Atletiko" bilan yana mojaroga borishni istamayapti, chunki tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar endigina yaxshilana boshlagan.

Shu bilan birga, "Barselona" Alvaresga qiziqishni saqlab qolmoqda. Biroq kataloniyaliklar hozir tarkibni kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarni ham o‘rganmoqda.

Joriy mavsumda Alvares barcha musobaqalar hisobida uchta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:34, 11.09.2026.
O'qildi: 958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик