«Real» hujumchisi Kilian Mbappe o‘z manziliga bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Fransiyalik futbolchi ko‘pincha to‘psiz harakatlarda, xususan, himoya va pressingda jamoaga yetarlicha yordam bermaslikda ayblanadi.
«Menimcha, bu masalaning insoniy tomoni bilan bog‘liq. Men endi hech kim uchun yangi futbolchi emasman — odamlar ko‘p yillardan beri nimalarga qodir ekanimni bilishadi.
Odamlar doim inson qilmayotgan ishlarga ko‘proq e’tibor qaratadi. Agar sen bir ishni 10 yil davomida muntazam bajarib kelsang, odamlar endi bunga qaramay qo‘yadi. Chunki sen bunga qodir ekaningni ular allaqachon bilishadi. Shuning uchun ular sen qilmayotgan ishlarga e’tibor qaratishga harakat qiladi. Men buni yuragimga yaqin olmayman.
Tanqidga xotirjam qarayman. Konstruktiv tanqid bor, mantiqsiz tanqid ham bor. Bu meni qo‘rqitmaydi. Qaror qabul qilayotganimda, keyin meni tanqid qilishlari mumkinligi haqida o‘ylamayman.
Faoliyatim men doimo oldinga harakat qilganimni ko‘rsatdi. Futbolchi bo‘lsang, uyida o‘tirib o‘z fikriga ega bo‘lgan millionlab murabbiylar borligini tushunasan. Har kimning o‘z nuqtai nazari bor. Ammo menimcha, futbolning maqsadi — gol urish va raqibdan ko‘proq gol urish», — dedi Mbappe L’Equipe nashriga.
12 sentyabr, shanba kuni «Real» «Rayo Valyekano»ga qarshi maydonga tushadi.













