«Shaxtyor» bosh murabbiyi Arda Turan Chempionlar ligasida PSVga qarshi safarda qayd etilgan durangdan so‘ng fikr bildirdi.
«Bu biz uchun juda muhim bir ochko. Agar o‘yindan oldin so‘rashganida, men bu bir ochkoga rozi bo‘lardim. Biz bayram qilayotganimiz yo‘q — shunchaki xursandmiz, chunki bu orzularimizni amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadam.
Futbolchilarim bilan faxrlanaman. Bu o‘yindan juda ko‘p narsa o‘rgandim, jumladan taktik jihatdan ham.
Sariq kartochkani nega oldim? Menimcha, o‘sha vaziyatda qoidabuzarlik yo‘q edi, hakam esa boshqacha fikrda bo‘ldi. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi. Futbolchi bo‘lganimda ham ko‘p kartochka olardim. Qizil kartochka bo‘lmasa, hech qanday muammo yo‘q», — deya Turanning so‘zlarini «Shaxtyor» matbuot xizmati keltirdi.
Chempionlar ligasining ikkinchi turida «Shaxtyor» Londondagi «Stemford Bridj» stadionida AYEKni qabul qiladi.













