Yozgi transfer oynasi davomida «Liverpul» o‘ng qanot himoyachisini tarkibga qo‘shishga harakat qilgan. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklarda Jeremi Frimpong borasida shubhalar paydo bo‘lgan va shu sababli klub yangi himoyachi taklif qilishni istagan. Variantlardan biri Marko Palestra bo‘lgan, ammo u yakunda «Chelsi»ga o‘tgan.
«Liverpul» shuningdek «Chelsi»dan Malo Gyustoni ijaraga olishga uringan, ammo London klubi futbolchini faqat to‘liq transfer asosida sotishni ko‘rib chiqqan.
Yangi mavsumda 25 yoshli Frimpong barcha turnirlarda 3 ta uchrashuvda ishtirok etdi, ammo natijali harakatlari bilan ajralib turmadi.













