Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Endrikning milliy jamoadagi istiqboli haqida fikr bildirdi. Yaqinda murabbiy Avstraliya va Hindistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlariga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda Madridning «Real» klubi vakili, 20 yoshli Endrik ham bor.
«Bu yil turli futbolchilarni sinab ko‘rdik, ko‘plab markaziy hujumchilarni kuzatdik. Endi vaziyat hamma uchun biroz aniqroq bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bizda rivojlanishiga yordam berishimiz kerak bo‘lgan juda kuchli ikki nafar yosh hujumchi bor.
Ulardan birini hamma yaxshi biladi — bu Endrik. Bizda yana bir yosh markaziy hujumchi bor, u mashg‘ulotlarda juda yaxshi harakat qilmoqda. Ro‘yxatga kiritilmagan va asta-sekin o‘zini ko‘rsatayotgan boshqa futbolchilar ham bor», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.
Shuningdek, Anchelotti kelajakda Endrik Braziliya terma jamoasi uchun juda muhim futbolchiga aylanishiga ishonch bildirdi.













